test
Ish beruvchilarga
Ish beruvchi sifatida siz mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan talablar asosida xodimingizga yetarli shart-sharoit yaratib berishda mas’ulsiz. Biz bu borada, sizga mehnat sohasidagi qonunchilikni tanishtirish va aniq hisob-kitoblarni yuritishda ko‘maklashishga tayyormiz. Axborot xizmatlari bo‘limida mehnat va bandlikka oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar olishingiz, Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatni rag‘batlantirish, tuman shart-sharoitlari bo‘yicha haq to‘lash o‘lchovlari, shuningdek, Ish soatini belgilash bo‘yicha tavsiya etilgan hisob-kitoblardan foydalanishingiz mumkin.
Xodimlarga
Siz mehnat shartnomasini imzolagan kuningizdan e’tiboran sizning mehnat huquqlaringiz davlat himoyasida ekanligini unutmang. Siz bu borada qanday huquqlarga ega ekanligingizni “Mehnat huquqi: savol va javoblar” qo‘llanmasi orqali bilib olishingiz mumkin.
Interaktiv xizmatlar bo‘limida, shuningdek, ish haqidan ushlab qolingan mablag‘lar bo‘yicha yordam olishingiz, mehnat haq-huquqlaringizga nisbatan adolatsizlik qilingan bo‘lsa, mehnat huquqi inspeksiyasi himoyasidan foydalashingiz mumkin.
Axborot xizmatlari bo‘limida aholi bandligi va mehnat qonunchiligining qo‘llanish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar olishingiz mumkin.