Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Ilmiy markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikatini olish uchun imtixonlarni tashkil etish maxsus idoralararo imtixon komissiyasi ishini tashkil etish;

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvorliklarini hisobga olgan holda mehnat, aholi bandligi, mehnatni suhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofazasi bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

mehnat migratsiyasi, shu jumladan ichki migratsiya soxasida ro‘yobga chiqayotgan jarayonlarni tahlil qilish, ularni sabablarini ilmiy asoslash, uni boshqarish va ta’sir ko‘rsatish yo‘llari bo‘yicha tadqiotlar o‘tkazish;

mehnat migratsiyasi sohasida halqaro hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, O‘zbekiston respublikasi fuqorolarini chet ellarda va xorijiy fuqorolarni O‘zbekiston respublikasida ishga joylashtirishning samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda chet ellarda ishga joylashtirishga nomzodlar bilan dastlabki ko‘nikuv tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

ishga joylashishga muxtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholini kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish, shuningdek aholini extiyojmand toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishga oid ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqish hamda amaliy ishlanmalar loyixalarini tayyorlash, shuningdek bu borada zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish;

mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza ilish sohasidagi qonun hujjatlarini, mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha chor-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

mehnat sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni tasniflash ishlarini amalga oshirish, mehnat normalari va qoidalarini, shuningdek xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining tarif-malaka tasnifnomalarini ishlab chiqish;

mehnat sharoitlarini baholash va mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun me’yoriy bazani yaratish maqsadida mehnatni muhofaza qilishga ta’aluqli xujjatlarni ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishi hamda ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazishda ilmiy-uslubiy va amliy yordam ko‘rsatish;

ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarining jaroxatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish dasturi bo‘yicha mahsus o‘itish va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

mehnat, aholi bandligi va aholini ijtimoiy muhofazasi hamda mehnat munosabatlari masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

mehnat, aholi bandligi va aholini ijtimoiy muhofazasi hamda mehnat munosabatlari masalalari yuzasidan maxsus sotsiologik tadqiqotlarni va jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil etish va amalga oshirish;

ilmiy-texnikaviy, ixtisoslashtirilgan kengashlar tashkil qilish, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus muassasalar faoliyatida ishtirok etish orqali respublikada mehnat, aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofazasi hamda mehnat munosabatlari masalari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish;

mehnat, aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofazasi hamda mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasi xodimlarini hamda boshqa soha mutaxassislarining bilimlarini oshirish bo‘yicha o‘qitish;

ilmiy yo‘nalishlar asosida, monografiyalar, darsliklar va davriy axborotlar, jurnallar va boshqa nashrlar tashkil qilish va chop etish.

 Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish  ilmiy markazi nizomi (pdf, 911,1kB)