Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
Axborot kompyuter markazi funksiya va vazifalari

Quyidagilar Boshqarmaning/tashkilotning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Axborot-kompyuter markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va markaz ishini tashkillashtiradi. Direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari yordamida Axborot-kompyuter markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Barcha yuqori tashkilotlar:

jumladan Mehnat vazirligi, Axborot-kompyuter markaz faoliyatiga bevosita aloqador tashkilotlar va muasassalar bilan hamkorlikda ish olib borish uchun munosabatlar o‘rnatishni tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi. Mehnat vazirligidan va boshqa yuqori tashkilotlardan ijro uchun berilgan topshiriqlarni bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar yordamida sifatli, o‘z vaqtida bajarishni tashkil qiladi.
Axborot-kompyuter markazi moliyaviy — xo‘jalik ishlarini yuritishda hisob — kitob bo‘limi faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik va nazorat ishlarini olib boradi. Moliyaviy mablag‘larni maqsadga muvofiq taqsimlashda bosh taqsimotchi hisoblanadi. Markazda kadrlarni tanlash va xodimlarni ilmiy — amaliy hamda tashkilotchilik qobiliyatlariga ko‘ra lavozim bilan ta’minlashda maslahatchi va ayni paytda bosh nazoratchi hisoblanadi.
Axborot-kompyuter markaz bo‘limlaridagi muammoviy — mavzular rejalari bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning holatini nazorat qiladi va zarur bo‘lganda shu masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lganda bo‘limlarning umumiy yig‘ilishida qatnashadi va zarur ko‘rsatmalar beradi.
Axborot-kompyuter markazi ishiga va Markazda ishlab chiqarish majlislariga rahbarlik qiladi. Axborot-kompyuter markazining shtatlar jadvaliga muvofiq malakali xodimlar bilan ta’minlashni tashkil qilishda bevosita rahbarlik qiladi.
Axborot-kompyuter markazining bo‘limlar ishlarini olib borish maqsadida turli tashkilot va muassasalar balan xo‘jalik shartnomalarini tuzishni tashkil qilishda bevosita rahbarlik qiladi. Mehnatga haq to‘lash me’yorlariga amal qilgan holda har bir xodimning ish faoliyati natijasiga asosan ularni mukofatlashi mumkin va aksincha.
Axborot-kompyuter markazining har bir xodimini egallab turgan lavozimi darajasida attestatsiyadan o‘tkazadi va xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil qilishda maslahatchi va tashkilotchi hisoblanadi. 
Axborot-kompyuter markaz xodimlarining kasbiy malakalarni oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi. Xodimlarning bilimlarini oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etadi. Markazni malakali xodimlar bilan to‘ldirish uchun barcha choralarni ko‘radi.

 Mehnat.uz Axborot-kompyuter markazi ustavi (pdf, 14,2MB)