Call-Markaz
On-line Maslahatchi
Bizni topish
Savollar va javoblar
Yangiliklarga obuna
Sayt bo‘yicha qo‘llanma
O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining o'rinbosari funksiya va vazifalari

O‘zbekiston Respublikasi mehnat  vazirining o‘rinbosari:

vazirlikning ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha Ishchi komissiyasiga rahbarlik qilish hamda tizim tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini nazoratini olib borish;

vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, vazirlikda va uning tizim tashkilotlarida qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash, fuqarolarning mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi haq-huquqlarini ro‘yobga chiqarilishi nazoratini olib borishda ishtirok etish, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy jarayonlarni tartibga solishni takomillashtirish;

vazirlik faoliyatiga oid masalalarni amalga oshirish va hal etish yuzasidan takliflar tayyorlash, vazir bilan kelishilgan holda ularni vazirlik Hay’at majlisi va maxsus kengaytirilgan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishni ta’minlash;

o‘z vakolati doirasida vazirlik markaziy apparatining Aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari monitoringi va tahlili boshqarmasi, Ijtimoiy muassasalarni moliyalashtirish bo‘limiga rahbarlik qilish, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Urush va mehnat faxriylari Respublika Pansionati, Sihatgohlar, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini muvofiqlashtirish.