test
Bo‘lim unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Vazirlik va idoralarning, ilmiy-tadqiqot muassasalarining AKT sohasidagi ilmiy-texnik dasturlari, innovatsion va boshqa turdagi tadqiqot, tajriba-konstruktorlik loyihalariga oid faoliyatini tahlil qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
- AKT sohasidagi istiqbolli va ustuvor ilmiy-texnik ishlanmalarni, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish bo‘yicha loyihalarning tayyorlanishini va bajarilishini ta’minlaydi;
- AKT sohasida tatbiq etilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish uchun o‘z vakolati doirasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- AKT sohasidagi ilmiy va ta’lim muassasalarida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi;
- soha korxona va tashkilotlarining innovatsion rivojlanishga mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini nazorat qiladi;
- korxona va tashkilotlarning modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamg‘armalarini tahlil qiladi;
- amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar uchun buyurtmalar portfelini shakllantirishning tizimli tahlilini olib boradi;
- xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-texnik konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va yig‘ilishlarni tashkillashtiradi;
- AKT sohasidagi ilm-fan va texnologiyalarni, ilmiy ijod va intellektual mulk muhofazasi masalalarini tartibga soluvchi qonun, me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- AKT sohasida ilm-fan, ilmiy topshiriq va ilmiy-texnik yutuqlarni ommalashtirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi