test
2019-yilning 31-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Tanzila Norboeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Bryussel shahriga jo‘nab ketgan edi.
Rossiya OAVda Markaziy Osiyodan borgan mehnat migrantlariga qarshi namoyishlar haqida ma'lumotlar tarqaldi. Namoyishlar kelib chiqishiga zo‘rlash sabab bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining Tergov qo‘mitasi bunda asli Qirg‘iziston Respublikasidan bo‘lgan fuqaroni aybdor deb topdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Memorandumga asosan O‘zbekiston fuqarolari Koreyada 2007-yildan buyon “Erkin yollash tizimi” orqali ishga joylashtirib kelinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi o‘rtasida imzolangan Anglashuv memorandumiga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolarini vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborish bo‘yicha vakolatli organlar etib, O‘zbekiston tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Koreya Respublikasi tomonidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi 3856-son qarori bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan “Ground Zero” hamkorligida Sergeli tumanida kovorking markazi tashkil etildi.
26-fevral kuni OAVda 8 oy mobaynida Seul shahri Novongu tumanidagi “Sanggi Pik Pionvon” shifoxonasida bo‘lib kelayotgan, 1996-yilda tug‘ilgan A.Oqilov to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. 2019-yil 27-fevralda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakili Alisher Sulaymonov shifoxonada bo‘lib, bemorni yo‘qladi va jabrlanuvchining akasi Aziz Oqilov bilan uchrashdi.
2019-yilning 25-fevral kuni Samarqand shahar Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Keimyung kollej universiteti o‘rtasida kasb-hunar ta'limini yanada rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respyblikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son Qarori bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq, 2019-yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tashabbusi bilan vazirlik tasarrufidagi Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari o‘quvchilari o‘rtasida ilk marotaba kasbiy ko‘nikmalar tanlovi o‘tkazildi.