test
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi samarali faoliyati hamda mehnat sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun Nizomov Bahodir Mahmudovichga minnatdorchilik bildiradi.
2018-yil 6-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida O‘zbekistondagi ilk Xususiy bandlik agentliklariga tantanali ravishda litsenziya topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, fuqarolar bandligini ta'minlashga e'tibor yanada kuchaytirilib, hududlarda amaliy ishlar olib borilmqda.
Bugun 28-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufidagi 2-sonli Toshkent yuridik kolleji binosida “Koreys-o‘zbek koreys tili markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi https://reestr.mehnat.uz saytini ishga tushirdi. Sayt orqali onlayn tartibda 2 xil turdagi xizmatdan foydalanish mumkin: xususiy bandlik agentliklari reestri va O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga hujjatlar havola etish.
2018-yil 21-noyabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan ishlar sarhisobi, erishilgan natijalar va istiqbolli rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
2018-yil 19-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirishi masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
2018-yil 19-noyabr Toshkent “Hyatt Regency” konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki va xorijiy ekspertlar ishtirokida malaka oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
2018-yil 13-noyabr OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimining joriy yil noyabr va dekabr oylarini viloyatda “ma'naviyat oyi” deb e'lon qilgan qarori tarqaldi.
2018-yil 8-noyabr qator OAVda xususiy kirakashlik, kunlik to‘lanadigan ishlar va xususiy yollanadigan ta'mirlash-qurilish ishlari singari faoliyat turlariga patent joriy etish rejalashtirilayotgani haqidagi ma'lumot e'lon qilindi.