O'rganish ishlari intervyuerlarning uyma-uy aylanib chiqishi orqali amalga oshiriladi va bu Respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. So'roq o'tkazishdan maqsad ikki ko'rsatkich:

- O'zbekistondagi norasmiy bandlik tarmog'ining haqiqiy ulushi;

 -Ishga layoqatli aholi o'rtasidagi ishsizlarning aniq foizi bo'yicha ishonchli ma'lumot olishdir.

To'plangan ma'lumotlar O'zbekistondagi mehnat bozori holati haqida ishonchli axborotni shakllantirishga yordam beradi. O'rganish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqich Respublikaning 63 tumanidagi 3100 uy xo'jaligini qamrab olib, 2018 yilning 20 avgustida o'z nihoyasiga etadi. O'rganish ishlarida jami 9000 uy xo'jaligi qatnashadi.

So'rovnoma Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan o'tkaziladi. O'rganish ishlarida ilmiy markazning 10 nafar xodimi, shuningdek, Respublikaning barcha hududlaridan 70 nafar intervyuer ishtirok etadi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati