O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 avgustdagi “Qurbon hayitini nishonlash to'g'risida”gi PQ-5512 qarori munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi dam olish kunlari bo'yicha quyidagilarni ma'lum qiladi:
1. Besh kunlik ishda 21-22-23 avgust dam olish kuni hisoblanadi, bunda:
2018 yil 26 avgust (yakshanba) 2018 yil 22 avgust (chorshanba)ga,
2018 yil 25 avgust (shanba) 2018 yil 23 avgust (payshanba)ga o'tkazildi.
Olti kunlik ishda 21-22 avgust dam olish kuni hisoblanadi, bunda:
2018 yil 26 avgust (yakshanba) 2018 yil 22 avgust (chorshanba)ga o'tkazildi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi PF–5290-son Farmonida 31 avgust dam olish kuni deb belgilangani hisobga olinib:
Besh kunlik ish haftasi bo'yicha avgust oyida 21 kun – 167 soat ish kuni,
Olti kunlik ish haftasi bo'yicha avgust oyida 25 kun – 166 soat ish kuni hisoblanadi.
Shunga muvofiq, haftalik ish soati O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan normalarga zid emas.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati