Bugungi kunda Respublikamizning qay burchagiga qaramang Vatanimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami oldidan mamlakatimiz bo'ylab obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Mustaqilligimizning yigirma etti yilligi va Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 2018 yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyi deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan 18-19 avgust kunlari respublikamizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi 649-f-son farmoyishi asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida milliy qadriyatlarimizga xos bo'lgan o'zaro mehr-oqibat va hamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg'araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish kabi ulug' fazilatlar namoyon etilmoqda.

Bugun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ham umumxalq xayriya hashari o'tkazilib, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, daraxtlarni oqlash va butalash, hovli va ariqlarni tozalash, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati