2018-yil 2-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Markaziy Osiyo va Mongoliya davlatlari bilan munosabatlar bo‘yicha Yevropa Parlamenti delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi deputatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yevropa Parlamenti delegatsiyasi “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorligi qo‘mitasining 14-majlisida ishtirok etish uchun 31-oktabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Shu munosabat bilan Yevropa Parlamenti deputatlari sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish va tajriba almashish maqsadida qator davlat organlariga tashrif buyurishdi. Delegatsiyaning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidagi uchrashuvi ham ana shunday tashriflardan biri bo‘ldi.
Uchrashuvda delegatsiya raisi bilan birga, rais o‘rinbosari Miroslavs Mitrofanovs, delegatsiya a'zolari Yoaxim Seller, Yozo Radosh, Inesse Vaydere, Andreys Mamikins, Vulf Klinz hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev boshchiligidagi vazirlik mas'ul shaxslari ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlab borish va kelgusida mehnat sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.