2018-yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha “Uy xo‘jaliklarida bandlik masalalarini o‘rganish” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mas'ul xodimlari hamda hududlardagi davlat va nodavlat tashkilotlari, oliy va o‘rta-maxsus ta'lim muassasalari xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan 2018-yilning oktyabr oyida o‘tkazildi. 

Maqsad va vazifalari. Ushbu sotsiologik tadqiqot band bo‘lmagan aholi sonini hisoblash uchun ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar sonini aniqlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 72 ta tuman va shaharlarida “Uy xo‘jaliklarida bandlik masalalarini o‘rganish” so‘rovnomasi (anketa) asosida o‘tkazildi. Mazkur o‘rganish asosida mehnat resurslarini baholash, hisobot va prognoz balanslari hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolarning sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar shakllantirildi. 

Tadqiqot o‘tkazish metodologiyasi. So‘rov o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini saralash har bir tuman (shahar) bo‘yicha ma'lumotlarning namunaviyligini ta'minlash maqsadida, har bir tuman (shahar)da uy xo‘jaliklarining 0,3 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini qamrab olish orqali amalga oshirildi. Uy xo‘jaliklarini tanlash ikki bosqichda amalga oshirildi.

Yuklab olish (pdf, 668 kb)