2018-yil yakunlari bo‘yicha “Uy xo‘jaliklarida bandlik masalalarini o‘rganish” mavzusidagi sotsiologik tadqiqot Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mas'ul xodimlari hamda hududlardagi davlat va nodavlat tashkilotlari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari xodimlaridan iborat guruhlar tomonidan 2018-yilning dekabr oyida o‘tkazildi.

Sotsiologik tadqiqotning maqsadi: band bo‘lmagan aholi sonini hisoblash uchun ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lganlar sonini aniqlashdan iborat.

Vazifalari: tadqiqot natijalari asosida mehnat resurslari baholanadi, hisobot va prognoz balanslari hamda iqtisodiyotning norasmiy sektorida band bo‘lgan fuqarolarning sifat tarkibi to‘g‘risidagi ma'lumotlar shakllantiriladi.

Tadqiqot o‘tkazish metodologiyasi. So‘rov o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini saralash har bir tuman (shahar) bo‘yicha ma'lumotlarning namunaviyligini ta'minlash maqsadida, har bir tuman (shahar)da uy xo‘jaliklar sonining o‘rtacha 0,3 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini qamrab olish orqali amalga oshirildi. Bu jarayon har chorakda bir marta amalga oshirilib, yilda jami 4 marta o‘tkaziladi.

Yuklab olish (pdf, 2751 кб)