Assalomu alaykum matbuot anjumanimiz ishtirokchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari.
Bugungi anjumanimizda biz sizlarga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan, joriy 2016 yilning yanvar sentyabr oylari davomida, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, mehnat xuquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot bermoqchimiz.
Ijozatingiz bilan avval 2016 yilning bandlik dasturi ijrosi haqida qisqacha axborot bermoqchiman:
Hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 748,7 ming ish o‘rinlari tashkil etilib, dastur 101,8 foizga bajarildi. Bunda, maqsadli dasturlarga muvofiq 163,6 mingta ish joylari tashkil etildi. Kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida ham qator amaliy tadbirlar uyushtirildi. “Yagona darcha sayyor nuqtasi” dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining qollejlarida bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadida tadbirlar o‘tkazildi. O‘z ishini boshlash istagini bildirgan bitiruvchilarga kerakli anjom uskunalarni sotib olishga kredit mablag‘lari ajratildi. Bundan tashqari o‘tgan davrda 934 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi va unda 43,8 mingta korxona va tashkilot ishtirok etib, 50,1 ming kishiga ishga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Dastur ijrosi xaqida batafsilroq Bandlikni tahlil qilish va mehnat bozorini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i Erkin Avezov o‘z prezentatsiyasida so‘zlab beradi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalasiga kelsak bu borada vazirlik tomonidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan;
Joriy yilda jami 17,0 ming nafardan ziyod yolg‘iz keksa, pensioner va nogironlar ro‘yhatga olinib, ulardan 4,3 ming nafardan ziyodi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘izlarni tashkil etadi. Ular har oy bepul to‘qqiz turdagi mahsulotlar bilan ta’minlanardilar. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-son qaroriga asosan, 2016 yil 1 sentyabrdan ular 15 turdagi mahsulotlar bilan ta’minlanmoqda. 1941-1945 yillar urush va mehnat fronti faxriylarining 9831 nafari sanatoriyalarda sog‘lomlashtirildi.
Umuman bu borada olib borilayotgan ishlar xaqida Aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari monitoringi va tahlili boshqarmasi boshlig‘i Baxodir Sharapov so‘zlab beradi.

Mexnat qilayotgan fuqarolarimizning xaq-xuquqlarirni himoya qilish borasida ham Vazirligimizning Davlat mehnat huquq inspeksiyasi tomonidan samarali faoliyat amalga oshirilmoqda. Jumladan;
Joriy yilning 9 oyi davomida inspeksiya xodimlari tomonidan jami 5232 tekshiruv o‘tkazilgan. Bunda, 505 tatekshiruv Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja asosida, 1676 ta tekshiruv inspeksiya vakolati doirasida davlat byudjetidan moliyalashtirladigan tashkilotlarda, 1552 ta tekshiruv Huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik doirasida, 520 ta tekshiruv jismoniy shaxslar ariza va shikoyatlari bo‘yicha, 861 ta tekshiruv yuridik shaxslar murojaatlari va shikoyatlari asosida, 118 ta tekshiruvlar boshqa holatlar yuzasidan o‘tkazilgan. Inspeksiyaning bosh mutaxassisi Kazakabayeva Barno, bu borada amalga oshirilgan ishlar xususida kengaytirilgan ma’lumotni taqdim etadi.

Respublikamizda so‘nggi yillarda Prezidentimiz Islom Karimovning sa’yi harakatlari bilan tadbirkorlikning rivojlanishiga, va shu bilan xalqimizning turmush farovonligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratib berildi. Yildan yilga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan belgisi ostida turli tovarlar ichki bozorda ko‘paymoqda va eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligiga rioya qilish borasida ham vazirligimiz tomonidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va malga oshirilmoqda, jumladan:
Respublika bo‘yicha Davlat mehnat texnika inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlarda, Mehnat muhofazasi qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik xolatlari bo‘yicha jami bo‘lib 29709 ta kamchilik aniqlangan bo‘lib 27805 ta (93,5 foiz) kamchilik bartaraf etilganligi haqida korxonalardan ma’lumotlar olingan. 9 oy davomida Mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilinmaganligi uchun 2477 nafar mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan bo‘lib, shundan 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan, 9 nafariga boshqa intizomiy choralar ko‘rilgan, 2466 nafariga ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Bu xaqda Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Nozima Sulaymonova axborot beradi.

Endi savol javoblarga utsak buladi. Marxamat savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimiz va men ularga javob berishga tayermiz.