test
Loyiha maqsadi:
Loyihaning asosiy maqsadi Mehnat vazirligining muassasalari tomonidan yoshi katta va nogironligi bor insonlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirishdan iborat.
Kutilayotgan natijalar:
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi tartibi va andozalarini qabul qilish hamda ijtimoiy himoya sohasi va faoliyatini kasbiylashtirish (kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish) orqali yolg‘iz yoshi katta va nogironligi bor insonlarning ijtimoiy xizmatlar va yordam sifati bilan qoniqish darajasini oshirish.
“Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini, boshqa insonlar tomonidan ko‘rsatiladigan parvarish xizmatlariga ehtiyoji bo‘lgan yolg‘iz insonlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimini takomillashtirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligini institutsional isloh qilish, uning tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda funksional tahlilini o‘tkazish orqali ijtimoiy muhofaza qilish sohasini boshqarishning samarasini oshirish va resurslardan yanada oqilona foydalanish.
Avtomatlashgan axborot tizimlarini, shu jumladan interaktiv xizmatlarni, ijtimoiy xizmatlardan foydalanuvchilarning fikrini aniqlash tizimini va to’lovlarni, hamda jamoatchilik nazoratini hayotga tadbiq etish orqali ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatish, reabilitatsiya texnik vositalarini va protez-ortopedik vositalarni taqdim etish, sanatoriya va kurortlarda sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishdagi ochiqlik va shaffoflikni oshirish.
Byudjet: 500,000 AQSh dollari
Loyiha kengashining 2015 yilning birinchi yarmi natijalari bo’yicha majlis protokoli