test
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 1991 yil 1 – aprelda Koreya Respublikasining bir bo‘limi sifatida tuzilgan bo‘lib, u rivojlanayotgan davlatlarga beg‘araz yordam dasturlarini amalga oshirishga javobgardir.
KOICA hamkor davlatlarning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlari uchun va ushbu davlatlarda kambag‘allikni yo‘qotish maqsadida barcha choralarni qo‘llab, bu ishlarni rivojlanayotgan davlatlar bilan hamkorlik o‘rnatish va ular bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatish orqali amalga oshiradi.
KOICA ning rivojlanish dasturlari, asosan, Koreyaning rivojlanish tajribasiga tayangan bo‘lib, ushbu dasturlar yuqori sifatli hayot kechirishni ta’minlashga intiladi va dunyoni yanada yaxshiroq qilishga harakat qiladi. «KOICA bilan birga butun dunyo xalqlari uchun farovon hayotga erishish» lozungi asosida, KOICA o‘zining chet ellardagi 48 vakolatxonalari orqali har–xil grant dasturlarini amalga oshirib, texnik yordamlar ko‘rsatadi.
KOICA ning O‘zbekistondagi ofisini 1995 yilda ochilganidan to bugungi kungacha 24 – loyiha amalga oshirilib, 1400 ga yaqin O‘zbekistonlik mutaxassislar Koreyada stajirovkada bo‘lib qaytdilar va 403 volonterlar (ko‘ngillilar) KOICA loyihalari doirasida O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natildilar.
KOICA ning rivojlanish dasturlari – KOICA ning rivojlanayotgan davlatlarda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarni ta’minlash uchun ko‘rsatilayotgan hamkorlikning oddiy belgisidir. Amalga oshiralayotgan loyihalar o‘z ichiga xizmatlar ko‘rsatish uchun kompleks hamkorliklar ko‘rsatishni oladi va bu hamkorlik jismoniy infrastrukturalarni qurish, jamiyatni rivojlanishi va hamkor davlatlarning farovonligini oshirish maqsadida asbob- uskunalar taqdim qilish kabi choralardan iborat.
KOICA ning rivojlanish dasturlariga qo‘shimcha sifatida KOICA Rivojlanish Tajribasini Almashish Dasturini (RTAD) ham amalga oshiradi; ushbu Dastur texnik yordam sifatida, Koreyaning rivojlanish tajribasini almashish orqali, hamkor davlatlarning potensialini oshirishga mo‘ljallangan. 1995 yildan boshlab 2014 yilgacha beg‘araz yordamning 24 ta loyihaga berilgan va KOICAning O‘zbekistondagi ofisi orqali amalga oshirilgan loyihalarning umumiy hajmi 79 million AQSh dollarga yaqindir.
Bugunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi bilan 2012-2015 yillar uchun mo‘ljallangan Strategik hamkorlik dasturi doirasida, O‘zbekistondagi asosiy ustivor loyihalar ichiga quyidagilar kiradi: ta’lim (professional o‘qitish), meditsina va sog‘liqni saqlash, hamda davlat boshqaruvi (elektron hukumat).
KOICAning O‘zbekistondagi ofisi amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni O‘zbekistondagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarni ta’minlashga mo‘ljallangan, O‘zbekistonning davlat siyosati doirasida, strategiyalarni ishlab chiqish orqali amalga oshiradi.
WorldFriendsKorea (WFK) deb ataladigan dastur orqali, Koreya Respublikasi Hukumati volonterlarni tanlab, ularni rivojlanayotgan davlatlarga jo‘natadi.
Volonterlar liniyasi orqali ko‘rsatiladigan KOICA dasturi ham WFK ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlanayotgan davlatlarga jo‘natiladigan volonterlar, rivojlanayotgan davlatlardagi mahalliy aholini o‘z faoliyatlarini yaxshilash maqsadida o‘qitish va yordam berish orqali, ular bilan hamjihatlikni ta’minlashda, bog‘lovchi - ko‘prik vazifasini bajarishadi.
2015 yil 1 yanvar holatiga kelib, O‘zbekistonda ja’mi bo‘lib 71 KOICA volonterlari ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishlarni ta’minlashga mo‘ljallangan O‘zbekistonning har- xil sohalarida o‘z faoliyatlarini davom ettirishmoqda; bu sohalar ichiga koreys tilini o‘qitish, kompyuter texnologiyalari, tayekvondo, meditsina, bolalarni o‘qitish hamda Semaыl Undong Dasturi kiradi (qishloq joylarini rivojlantirish).
Volonterlar o‘z faoliyatlarini Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Urgench, Nukus, Samarqand va Qarshi shaharlarida amalda qo‘llamoqdalar.
KOICA ning O‘zbekistondagi faoliyatining yana bir yo‘nalishi - CIAT dasturi orqali o‘qitishni tashkil qilish – «Potensialni (qobiliyatni) Oshirish va Ertagi Kunning Muvaffaqiyati»; ushbu dastur KOICA ning global o‘qitish dasturi bo‘lib, hamkor davlatlardan davlat xizmatchilarini o‘quv kurslariga taklif qilish orqali, ular bilan rivojlanish tajribalarini va uslublarini baham ko‘rishga harakat qiladi. O‘quv kurslarini tugatgan mutaxassislar, o‘z tajribalarini boshqalarga berish orqali, jamiyatning milliy rivojlanishida, inson resurslari sifatida ilg‘or rollarni o‘ynaydilar.
O‘quv dasturlari davlat uchun to‘g‘ri keladigan kurslardan, stipendiya dasturlari, hamda umumiy kurslardan tashkil topgan. KOICA ning O‘zbekistondagi ofisi har yili ushbu dasturlar doirasida 100 ta stajerni tanlab olib, ularni o‘qitadi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining KOICA bilan hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bandlik bilan ta’minlash tuman (shahar) Markazlari, ishxonalarning zayavkalari (talabnomalari) orqali har yili 25-30 ming ishsiz yoshlarni yangi zamonaviy professiyalarga o‘qitadi. Buning uchun 217 asosiy kolledjlar va ishsizlarni professional tayyorlash markazlarining imkoniyatlari qo‘llaniladi.
Bozorning tez o‘zgarayotgan sharoitini inobatga olib, qisqa vaqt ichida yangi, zamonaviy malakali ishchi kadrlarni tayyorlaydigan o‘quv muassasalariga bo‘lgan talab oshib boradi.
Ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida, hamda ishsiz yoki vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan aholini, shular jumlasida ta’lim muassasalarini bitirganlarni professional tayyorlash va qayta o‘qitish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’limni imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda; ushbu loyiha ish bozori talab qiladigan mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilishga bag‘ishlangan.
Ushbu hamkorlik doirasida, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 13 avgustdagi 170 – sonli Qarori orqali, Toshkent shahrining Sergeli tumanida, Koreya Respublikasi Hukumatining grant fondi yordamida, professional tayyorlash Markazi tashkil qilindi. (grant - 4 million AQSh dollariga yaqin).
Ushbu professional tayyorlash Markazi o‘ziga xos, imkoniyatlari va amaliy muhimligiga nisbatan kamdan-kam uchraydigan bo‘lib, zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, o‘quv-ishlab chiqarish stanoklari va amaliy o‘quv - qurollari bilan ta’minlangan.
Markazda zamonaviy o‘quv xonalari va ishlab chiqarish darsxonalari mavjud bo‘lib, u respublikaning barcha viloyatlaridan keladigan o‘quvchilar uchun 360 o‘rinli yotoqxonaga ega.
Markazda mutaxassislarni to‘rt asosiy yo‘nalishda o‘qitish va qayta tayyorlash amalga oshiriladi: mashinalar qurishga oid ishlab chiqarish va texnologiyalar (tokarlar, frezerovщiklar, svarkachilar (payvandlovchilar), metalni qayta ishlash bo‘yicha mutaxassislar); elektronika va elektrotexnika (elektr va elektron moslamalarni remont qilish va xizmat ko‘rsatish), uy–ro‘zg‘or elektron texnikasi, radio va teleapparaturalar); avtomobillarni diagnostika qilish, ta’mirlash va texnik kuzatuv (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillarni diagnostikasi); informatsiya sistemalari va texnologiyalar (kompyuterda programmalashtirish va tarmoqlar, multimedia, EHM operatorlari, kompyuter va boshqa ofis texnikalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish).
Markazda o‘qish muddati 10 oy bo‘lib, shundan 6 oy Markazda, 4 oy korxonalarda va ishlab chiqarishda amaliyot o‘tish jarayonida amalga oshiriladi.
Markaz 24 o‘qituvchi va ishlab chiqarish bo‘yicha masterlar bilan to‘ldirilgan, ular ichidan 8 nafari Koreya Respublikasida maxsus malaka oshirish kurslarini tugatib kelishgan. KOICA tomonidan Markazga yordam berish maqsadida, Koreyadan 8 volonterlar jo‘natilgan.
Markazning ochilishidan qisqa muddat o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan, unda 1500 ga yaqin yoshlar o‘qitildi va qayta tayyorlandi va ularning barchasi Markazda olingan malakalari orqali ish bilan muvaffaqiyatli ta’minlandi.
Eng muhimi, Markazni tugatgan biror – bir kimsa ham ishsiz qolmaydi; o‘qishni tugatgandan so‘ng, ular ilgaridan tuzilgan 3 tomonli shartnoma orqali olingan mutaxassislik bo‘yicha ish bilan ta’minlanadilar (Bandlik bilan ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilish Markazi, korxona va ishsiz odam).
Markazning o‘quvchilari ishlab chiqarish praktikasini o‘tib, ish bilan ta’minlangan korxonalar orasiga quyidagi korxonalar kiradi– Toshkent truba ishlab chiqarish zavodi, Toshkent metall quyish-mexanika zavodi, «GM Powertrain Uzbekistan», GSKB Irrigatsiya zavodi, Elektroapparat zavodi, Bekobod Metallurgiya kombinati, «Shark» kompaniyasi korxonasi, Uztelekom, Toshavtotexxizmat va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan yaqin hamkorligi shu ishlar bilan chegaralib qolinmaydi.
Bugunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Hukumatlari orasida qo‘l qo‘yilgan Shartnomaga asosan, Samarqand professional Ta’lim Markazini qurilishi boshlandi; ushbu Markazning bitirilishi muddati - 2016 yil iyul oyiga mo‘ljallangan.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Hukumatlari orasida Shaxrisabz shahrida shunday markazni yaratish haqida Shartnoma tuzilib, uni amalga oshirish ishlari boshlandi.
Hozirgi paytda Vazirlik va KOICA orasida Shaxrisabz loyihasini amalga oshirish doirasida “O‘zbekistonda malakalarni baholash (attestatsiyadan o‘tqazish) tizimini yaratish va kiritish” bo‘yicha ishlar boshlanib ketdi.
Ushbu loyiha O‘zbekistondagi ish bozorini samarali boshqarishga ta’sir qiladigan aniq takliflarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Koreyaning ish bozorini rivojlantirish va boshqarish tajribasi inobatga olinib, professional ta’limni amalga oshirishda davlat va xususiy tizimlarni yaratish (vocationaltraining), hamda aholini ish bilan ta’minlash maqsadida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xususiy institutlarni yaratish (rekruting xizmatlari va boshqalar) tadbirlari ko‘zda tutilgan.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining faol harakatlari natijasida, Koreya hukumatining, shunday Markazlarni Qo‘qon va Urganch shaharlarida ochish bo‘yicha asosiy roziligi olindi.
KOICA Prezidenti Kim Yong Mokning v 2014 – yil avgust oyidagi safari davomida, «Muruvvat» i «Saxovat» uy-internatlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasini amalga oshirish maqsadida, hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.
Ushbu kelishuv doirasida 2014 – yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimidagi 14 «Muruvvat» va «Saxovat» uy-internatlari rahbarlari uchun ikki haftalik seminar tashkil qilindi va bu rahbarlar Koreya Respublikasidagi shunga o‘xshagan ijtimoiy tashkilotlar faoliyati bilan to‘g‘ridan -to‘g‘ri tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu yo‘nalishda boshqa ishlar ham davom etmoqda.