test
O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xalqaro hamkorlik doirasida 100 dan ortiq mahalliy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Xalqaro hamkorlik doirasida vazirlik ko'plab mahalliy nodavlat va notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, vazirlik qoshida nogiron insonlar jamoatchilik tashkilotlarining Jamoatchilik va maslahat kengashi tashkil topgan va o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. Vazirlik Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo'yicha Jamoatchilik kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Nodavlat va notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi qoshidagi Nogironlik masalalari bo’yicha maslahat kengashining a’zosi hisoblanadi. Bundan tashqari, vazirlik O'zbekistondagi ijtimoiy korxonalarni rivojlantirish maqsadida o’zining uslubiy va maslahat yordamini amalga oshiradi.
Xalqaro hamkorlik doirasida, Vazirlik BMT Taraqqiyot Dasturi, Jahon banki, XMT va boshqa ko'plab tashkilotlar bilan birgalikda qo’shma tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda (Xalqaro hamkorlik bo’limida batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin).