test
O‘zbekiston Respublikasi HMT ga 1992 yildan a’zo bo‘lib, bugungi kungacha ushbu Tashkilotning 14 konvensiyasini ratifitsikatsiya qilgan:
- Majburiy Mehnat to‘g‘risida Konvensiya (S29) - 13.07.1992g.;
- Qirq soatlik ish haftasi haqida Konvensiya (S47)-13.07.1992g.;
- Bayram kunlariga haq to‘lash haqida Konvensiya (S52)- 13.07.1992g.;
- Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to`grisida Konvensiya (С87) - 17.06.1948 y;
- Birlashish erkinligi haqida Konvensiya (S98) - 13.07.1992g.;
- Bajarilgan Mehnat uchun bir xil maosh to‘lovi haqida Konvensiya (S100) - 13.07.1992g.;
- Onalikni himoya qilish haqida Konvensiya (S103) - 13.07.1992g.;
- Majburiy Mehnatni yo‘qotish to‘g‘risida Konvensiya (S105)15.12.1997g.;
- Diskriminatsiya haqida Konvensiya (S111) - 13.07.1992g.;
- Bandlik siyosati haqida Konvensiya (S122) - 13.07.1992g.;
- Mehnatkashlarning vakillari haqida Konvensiya (S135) - 15.12.1997g.;
- Kollektiv shartnomalar haqida Konvensiya (S154)- 15.12.1997g.;
- Ishga olishda minimal yosh haqida Konvensiya (S138) – 03.2008g.;
- Bolalar mehnatini eng yomon formalarini ta’qiqlash va zudlik bilan choralar ko‘rish haqida Konvensiya (S182) – 03.2008g.
Oxirgi yillarda, O‘zbekistonning Halqaro Mehnat Tashkiloti bilan birgalikdagi aloqalari kuchayib bormoqda.
Xususan, 2014 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi Kegashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va HMT ning Moskva shahridagi byurosi boshlig‘i o‘rtasida hamjiqhatlik haqida Memorandum imzolandi; ushbu Memorandum respublika uchun 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan adolatli mehnat Dasturini o‘z ichiga oladi.
2014 yil 27 may oyida Vazirlar Mahkamasining 132- sonli qarori bilan O‘zbekiston tomonidan MHT konvensiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Xususan, ushbu xujjat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- milliy qonunchilikni ratifikatsiya qilingan HMT konvensiyalari bilan muvofiqlashtirish;
- Bolalar mehnati va majburiy mehnat bo‘yicha ratifikatsiya qilingan HMT konvensiyalarini bajarish;
- HMT bilan birga ishlash, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- HMT ning O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy sheriklarini qobiliyatini oshirish;
- Ratifikatsiya qilingan HMT konvensiyalari haqida ma’lumot berish-tushuntirish ishlari.
2014 yil 28 may-12 iyun kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi, Belgiyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchisi V.Norov, Kasaba Uyushmalari Kengashi raisi T.Norboyeva va SSP raisi A.Shayxov tarkibida, Jeneva shahrida Halqaro Mehnat Tashkilotining 103-y sessiyasida qatnashdilar.
2014 yil 6-7 avgust kunlari Toshkent shahrida Tashkilot vakillari bilan: «HMT bilan adolatli mehnat Dasturini 2014-2016 yillarda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari» mavzusida davra suhbati o‘tqazildi.
2014 yil 18 – sentyabrdan 25 – oktyabrgacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 may oyidagi 132 – sonli Qarori orqali, Tashkilotning metodikasi va ekspertlari yordamida bolalarning paxta terimida Milliy monitoring o‘tqazildi.
Monitoring davomida 37797 km masofa bosilib, 172 qishloq tumanlari va viloyatga qarashli shaharlarga borildi, shuning ichida 46 marta ba’zi joylarga qayta borildi. 711 marta potensial xavfli joylarga borildi, shular qatorida 316 marta professional kolledjlarga va akademik litseylarga, 395 marta fermer xo‘jaliklarga borildi. 745 xujjatlashtirilgan intervyular o‘tqazildi.
Monitoring natijasida, 49 nafar balog‘atga yetmagan bolalarning paxta dalalarida bo‘lganligi aniqlandi. Ulardan 41 nafari paxta terish bilan band, 8 tasi dalada o‘z ota - onalari bilan birga edilar. Barcha aytilgan holatlar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
2014 yil 23– sentyabrda, Kasaba Uyushmalari Kengashi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo HMT Byurosi ko‘magida, Halqaro Kasaba Uyushmalari konfederatsiyasiga (XKUK) a’zo bo‘lish uchun xujjatlar tayyorlab, jo‘natdi.
2014 yil dekabr oyida, MKP ning 14-Bosh Kengashi, O‘zbekiston Kasaba Uyushmalarining HMT ga a’zo bo‘lish haqidagi talabnomasini muhokama qilib, Konfederatsiya Sekretariatiga 2015 yil aprel oyida O‘zbekistonga tanishuv safarini uyushtirish uchun missiya jo‘natib, safar paytida mamlakatdagi Kasaba Uyushma harakatlari, Kasaba Uyushma Federatsiyasi va uning faoliyati haqida ma’lumot yig‘ib, shu yig‘ilgan ma’lumotlar asosida Konfederatsiyaning kelgusi yig‘ilishiga hisobot tayyorlashni topshirdi.
2015 yil 14-15 yanvar kunlari HMT Bosh direktorning maxsus maslahatchisi K.Tapiolaning O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilindi. Tashrif paytida, K.Tapiola ijtimoiy sheriklarga HMT ekspertlari Komiteti 2014 yil noyabr-dekabr oylaridagi yig‘ilishida, O‘zbekistonning HMT bilan majburiy va bolalar mehnati masalalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tarafdorligi borligi yuqori baholangani haqida ma’lumot berdi.
Yana shunday ma’lumot qabul qilindiki, Halqaro Mehnat Tashkilotining 104 - sessiyasida mehnatkashlar Guruhi va Ish bilan ta’minlovchi Guruh, O‘zbekiston bilan bog‘liq masalani alohida holat sifatida ko‘rib chiqishni taklif qilmaganlar.
K.Tapiola qishloq xo‘jaligida ishga olish va mehnat sharoitlarini o‘rganish natijalarini muhokama qilish uchun, Halqaro Mehnat Tashkiloti milliy va xalqaro ekspertlar bilan “davra suhbati” o‘tqazish rejalari borligini ta’kidlab o‘tdi.
2015 yil fevral oyiga kelib kollektiv shartnomalar 111562 korxonalar bilan tuzilgan va bu korxonalarda 4 mln. 225 ming 725 ishchini xuquqlari va haqlari himoya qilinadi. 2014 yil natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonda korxonalar bilan tuzilgan kollektiv shartnomalar 98,1% ni tashkil qildi. Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi rahbar xodimlarini malakasini oshirishning barcha kurslariga, Halqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalari, ayniqsa bolalar va majburiy mehnat Konvensiyalari haqida kurslari kiritildi.
Ushbu Konvensiyalarni chuqur o‘rganish Davlat Boshqaruvi Akademiyasida viloyat, shahar va tuman hokimlarini o‘qitishda, hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, prokuratura xodimlarini malakasini oshirish o‘quv kurslarini tashkil qilishda, Ichki Ishlar Vazirligi, Xotin Qizlar Komiteti, “Maxalla” Fondi, «Kamolot» yoshlar harakati va boshqa tashkilotlarda yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maqsadlarda, Kasaba Uyushmalari metodik va prezentatsiya materiallari ishlab chiqib, o‘qituvchilarni milliy va mahalliy darajada o‘qitishga tayyorladilar.
2015 yil 3-5 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi Kengashida HMT vakillari M.Kok, X.Taligoy bilan, Jahon Banki vakillari M.Vudvard, Ye.Romanova va V.Neagu bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida qayta ma’lumot berish (QMB) va uchinchi taraf tomonidan monitoring o‘tqazish (UTTM) mexanizmlarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, QBM va UTTM HMT tomonidan O‘zbekistondagi mutaxassislarni jalb qilish, moliyalashtirish esa Jahon Banki tomonidan amalga oshirilishi kelishib olindi.
2015 yil 5 fevral kuni Toshkent shahrida yuqorida qayd etilgan tashkilotlar bilan davra suhbati o‘tqazildi. Uchrashuvdan maqsad – qishloq xo‘jaligida tadqiqot o‘tqazish masalasini ko‘rib chiqish. O‘zbekistondagi mutaxassislarni takidlashicha, respublikadagi qishloq xo‘jaligida mehnat aloqalari masalalari bo‘yicha mas’ul davlat va nodavlat tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga juda katta e’tibor qaratilyapti. Birgalikda amalga oshirilgan harakatlar natijasida, HMT doirasida ratifikatsiya qilingan konvensiyalar va Jahon Banki bilan qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi olingan majburiyatlar to‘liq bajarilyapti.
Ta’kidlab o‘tildiki, O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklar (Mehnat Vazirligi, Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi va SSP) HMT bilan birgalikda aholini, ishchilar va ish beruvchilar, hamda fermerlarni majburiy va bolalar mehnati masalalarida xabardorligini oshirish bo‘yicha aniq ishlar amalga oshirishdi. Mehnat Vazirligi O‘rta Maxsus va professional ta’lim Markazi bilan birgalikda normativ xujjat ishlab chiqishmoqda. Ushbu xujjat o‘rta maxsus professional ta’lim studentlari uchun mehnat xuquqlari to‘g‘risidagi majburiy kurslarni kiritishga mo‘ljallangan.
2015 yil 3-4 martda Toshkent shahrida: «Adolatli mehnatga bag‘ishlangan Davlat dasturini amalga oshirish va qishloq xo‘jaligi sektorini mexanizatsiyalashtirishda ijtimoiy aspektlar» mavzusida “davra suhbati” bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati ishida HMT Bosh direktorning maxsus maslahatchisi K.Tapiola va Jahon Bankining Markaziy Osiyo davlatlaridagi Xududiy Direktori S.Dja, hamda BMT ning Rivojlanish Dasturi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi va YuNISEF vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekistondagi AQSh, Rossiya, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari hozir bo‘ldilar.
Tadbir davomida Jahon Banki va HMT vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tadbirlarga yuqori baho berib, O‘zbekistondagi mas’ul xodimlarning o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarishga sodiq ekanliklarini ta’kidlashdi. Yana ta’kidlab o‘tildiki, O‘zbekistonning Jahon Banki va HMT bilan konstruktiv hamkorligi kuchayib bormoqda va HMT ning xalqaro standartlari va normalarini bajarish uchun aniq va mo‘ljallangan chora – tadbirlar amalga oshirilyapti, respublika qishloq xo‘jaligi sektorida esa mehnat sharoitlari yaxshilanib bormoqda.
2015 yil mart-may oylarida, respublikada adolatli mehnatni ta’minlash Davlat Dasturiga muvofiq, «Ekspert fikri» ijtimoiy – iqtisodiy va bozor munosabatlarini o‘rganish Markazida “O‘zbekiston qishloq sektori iqtisodiyotida ishga yollash va mehnat sharoitlari praktikasi” mavzusida sifatli tadqiqot bajarildi. Ushbu tadqiqot asosida, aprel-iyun oylarida sifatli tadqiqot bajariladi. Yuqorida qayd qilingan tadqiqotlar natijasida, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga kerakli takliflar kiritiladi.
Bundan tashqari, 2015 yilda HMT va Jahon Banki bilan birgalikda, paxta ishlab chiqarishda bolalar va majburiy mehnat masalalarida uchinchi taraf orqali qayta aloqa (javob reaksiyasi) o‘rnatish mexanizmini joriy qilish va monitoring o‘tqazish bo‘yicha tadbirlar o‘tqazish mo‘ljallangan. Bunga qo‘shimcha sifatida, bolalar mehnati bo‘yicha Muvofiqlashtirish Kengashi va mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda, paxta ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanishni milliy monitoringi, butun respublikada amalga oshiriladi.
2015 yil 22– aprelda Toshkent shahrida O‘zbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi tomonidan konferensiya o‘tqazildi va uning mavzusi: «Kasaba Uyushmalar tomonidan fuqorolarni adolatli mehnat qilish sharoitlariga imkon yaratishni kafolatlash: O‘zbekiston tajribasi». Uning ishida Xalqaro Kasaba Uyushmalar Konfederatsiyasi Bosh Sekretari O‘rinbosari Ya.Vinena va Konfederatsiya xodimi Lepekaning ishtirok etishi mo‘ljallangan.
2015 yil 6 mayda O‘zbekiston Kasaba Uyushmalar Federatsiyasi binosida HMT vakillarining ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi va ushbu davra suhbatining mavzusi:”HMT indikatorlari asosida majburiy mehnatning amaliy aniqlanishi”.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi, Kasaba Uyushmalari Kengashi raisi, Savdo va Sanoat Palatasi Raisi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi davlat xuquqiy inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i tarkibida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 may 387-F sonli Qaroriga binoan Jeneva shahrida (Shveysariya) 2015 yil 31 maydan 9 iyungacha Halqaro Mehnat Tashkilotining 104- sessiyasida qatnashdilar.
O‘zbekiston tomonidan Konvensiyaning №№105 i 182 nizomini bajarishda erishgan yutuqlarini, hamda O‘zbekistonning HMT bilan bolalar va majburiy mehnat masalalarida hamkorligining rivojlanishini e’tiborga olib, O‘zbekiston, besh yil ichida birinchi marotaba, XMT va XKUK fikricha, HMT konvensiyalarini ba’zi – bir nizomlarini bajarishda sezilarli muammolar bor deb o‘ylagan 50 ta davlat qatoriga kiritilmadi.
(ma’lumot uchun: 2014 yilda O‘zbekiston Komitet tomonidan standartlarni qo‘llash bo‘yicha HMT yig‘ilishlarida faoliyatni ko‘rib chiqiladigan 25 davlatlarning ro‘yxatidan chiqarib tashlangan edi).
2015 yil 3 iyunda Komitetning HMT moliyaviy masalalari yig‘ilishida, O‘zbekistonning HMT byudjetiga a’zolik badallari to‘lash va qarzlarini restrukturizatsiya qilish, HMT da ovoz berish xuquqini qayta tiklash bo‘yicha murojatnomasi ko‘rib chiqildi. (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2015 yil 15.05, 01-09-1749 sonli xati). Muhokamalarning natijasida, O‘zbekistonning taklifini qondirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shunday qilib, XKUK ning 104-sessiyasida, O‘zbekiston o‘z ovoz berish xuquqini qayta tiklab oldi.
2015 yil 13 iyunda Jahon Bankining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, delegatsiyani JB bosh mutaxassisi Markom Vudvordom boshqardi. Uchrashuv paytida uchinchi taraf orqali monitoring o‘tqazish (UTM) va qayta aloqa (javob reaksiyasi) o‘rnatish mexanizmini (QAM) joriy qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tqazish uchun tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi. Bundan tashqari, ish rejasi loyihasi, majburiy mehnatni monitoringini o‘tqazish tadbirlari va paxta yetishtirishdan oldin va keyin bajariladigan informatsiya-kommunikatsiya masalalari ham ko‘rib chiqildi.
2015 yil 18 iyunda HMT va Jahon Banki vakillari: «Paxta terib olish jarayonini mexanizatsiyalashtirishning ijtimoiy ta’sirini baholash va jamoatga oid ishlarning Dasturi» mavzusida davra suhbati o‘tqazildi.
2015 yil 16 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Savdo va Sanoat Palatasi binosida Jahon Banki missiyasi bosh iqtisodchisi Moxamed Ixsan Ajvad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda JB ekspertining qishloq xo‘jalikda erkin ishga olish bo‘yicha takliflari ko‘rib chiqildi; ushbu takliflar joylardagi mahalliy institutlarni ishlatish bilan paxta terimini tashkil qilish bo‘yicha qo‘llanilayotgan mavjud amaliyotni o‘rganish natijasida va ularning faoliyatini samarasini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.
2015 yil 27 iyul Oliy Majlisning Qonunchilik Palatasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri A.Abduxakimovning, O‘zbekiston Respublikasi Kasaba Uyushmalari Kengashi raisi T.Norboyeva va Savdo va Sanoat palatasi Rais O‘rinbosari A.Ikramovaning HMT ratifikatsiya qilgan 138 – sonli konvensiyasi: ishga yollash bo‘yicha minimal yosh va 182 sonli bolalar mehnatini eng yomon formalari talablarini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma’ruzalari tinglandi.
2015 yil 5-6 avgust kunlari Toshkent shahrida «O‘zbekiston , Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Jahon Banki bilan xalqaro mehnat standartlarini qo‘llashda hamkorlikda erishilgan yutuqlar» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasida adolatli mehnat bo‘yicha 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Davlat Dasturi komponentlarini joriy qilish masalasi, qishloq biznesi uchun ishga yollash bo‘yicha olib borilgan sifatli va miqdoriy tadqiqotlarning birlamchi natijalari, O‘zbekiston Respublikasining HMT va Jahon Banki bilan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarilishini kafolatlash masalalari, hamda Jahon Banki loyihalarida uchinchi tarafning monitoringini joriy qilish (UTM) va qayta ma’lumot berish (QMB) mexanizmini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining XMK 104 –sessiyasida qatnashuvi natijasida, quyidagi vazifalarni bajarilishi mo‘ljallab qo‘yilgan::
- sentyabr-oktyabr oylarida bolalarning va majburiy mehnatning paxta terishda monitoringini o‘tqazish;
- Jahon Banki texnik yordamida mexanizatsiyaning ish bozoriga ijtimoiy ta’sirini o‘rganish;
- qishloq xo‘jaligida erkin ishga olish bo‘yicha mexanizm;
- Jahon Bankining O‘zbekistondagi loyihalarida uchinchi tarafning monitoringini joriy qilish (UTM) va qayta ma’lumot berish (QMB) mexanizmi.
Yuqorida qayd qilingan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasida bolalarning va majburiy mehnatning tizimli jalb qilinishi va ishlatilishi hollari yo‘qligini yana bir bor isbotlashga yordam berib, «Kotton Kempeyn» va shunga o‘xshash kompaniyalarni yollangan va asossiz vajlarini yo‘qqa chiqaradi.